Bugʻ turbinasi
Bugʻ turbinasi — bugning potensial energiyasini kinetik energiyaga, soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-yasi (Issiqlik elektr stansiya)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon beradi. Muqim (statsionar) va transport (kemaga oʻrnatiladigan) xillari bor. Mukim Bugʻ turbinasi ga kondensatsiya turbinalari, teplofikatsiya turbinalari va boshqa kiradi. Deyarli barcha Bugʻ turbinasi koʻp pogʻonali hisoblanadi. Bir va koʻp (4 tagacha) korpusli, bir va koʻp (3 tagacha) valli qilib ishlab chiqariladi. Bugʻ turbinasi markazdan qochirma havo haydagichlar, kompressorlar va nasoslarni harakatga keltirish uchun ham ishlatiladi.[1]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |